Kompaniya haqida

Kompaniya haqida

International Business Audit Consulting (IBAC) auditorlik va konsalting tashkiloti auditorlik, buxgalteriya, soliq va yuridik maslahat, moliyaviy va biznes maslahat sohalarida to‘liq konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 

IBAC 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyati davomida kichik firmadan boshlab O‘zbekiston auditorlik va konsalting xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinni egallagan kompaniyaga aylandi. Yosh bo'lishiga qaramay, o'z xodimlarining bilimi, malakasi va tajribasi sababli kompaniya bozorni asta-sekin zabt etmoqda. 

Kompaniyamiz jadal rivojlanmoqda va qisqa vaqt davomida O‘zbekistondagi eng yirik auditorlik va konsalting kompaniyalaridan biriga aylandi. “Audit Reyting” mustaqil reyting tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yakunlari bo‘yicha kompaniyamiz O‘zbekistondagi barcha auditorlik tashkilotlari, jumladan, xalqaro va mintaqaviy kompaniyalar orasida yetakchi o‘rinlarni egalladi. Ta'kidlash joizki, kompaniya xodimlar malakasi bo'yicha reytingda to'rtinchi, ko'rsatilgan xizmatlar hajmi (daromadlari) bo'yicha esa o'n ikkinchi o'rinni egalladi. Kompaniya boshqa mezonlarda ham yuqori o'rinlarni egalladi.

IBAC quyidagi to'rt asosiy yo'nalishda faoliyat yuritadi: 
- auditorlik xizmatlari;
- soliq va yuridik maslahat xizmatlari;
- buxgalteriya xizmatlari;
- konsalting xizmatlari.

Bizning jamoamiz hozirda katta tajribaga ega buxgalterlar, auditorlar, yuristlar, soliq maslahatchilari va boshqa mutaxassislardan iborat. Mutaxassislarimiz audit, buxgalteriya hisobi, soliq va yuridik maslahatlar hamda  moliyaviy maslahatlar sohasida katta amaliy tajribaga ega. Xodimlarimizning chuqur professional tajribasi va amaliy bilimlari uyg‘unligi mijozlarimiz ishonchini qozonish imkonini beradi va kompaniyamizning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.


Kompaniya haqida