Bobir Artukmetov
Direktor
INTERNATIONAL BUSINESS AUDIT CONSULTING (IBAC) auditorlik va konsalting kompaniyasi
Ma'lumoti:
2019-2021 - Malayziyaning BINARY boshqaruv va tadbirkorlik universitetining (Binary University of Management & Entrepreneurship) Biznes boshqaruvi magistri (MBA) yo'nalishini a'lo darajadagi diplom bilan tamomlagan;
2005-2009 - Toshkent moliya instituti bakalavriatini "Moliya" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Malakasi:
U quyidagi sertifikatlarga ega:
- ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) – jarayonda;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi auditorning malaka sertifikati;
- Auditorlar va buxgalterlar imtihon markazi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati;
– O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan berilgan ichki auditor sertifikati;
- 1-darajali diplom – “2020-yilning eng yaxshi auditori” nominatsiyasi bo‘yicha Respublika tanlovi g‘olibi;
- 1-darajali diplom – “2019-yilning eng yaxshi auditori” nominatsiyasi bo‘yicha Respublika tanlovi g‘olibi;
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan soliq maslahatchisi malaka sertifikati;
- Sertifikatlangan professional buxgalterning milliy sertifikati;
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati;
- Sertifikat "Sertifikatlangan buxgalter amaliyotchi (CAP)".
Ish tajribasi:
U turli xalqaro audit va konsalting firmalarida (jumladan, katta to'rtlik kompaniyasida) hamda davlat soliq organlarida 10 yildan ortiq ish tajribaga ega.
U moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) va buhgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar auditida ishtirok etgan hamda soliq, buxgalteriya hisobi va moliyaviy konsalting sohasida konsalting xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha loyihalarda qatnashgan. Shuningdek, u investitsiya loyihalarini tegishli ekspertiza va texnik-iqtisodiy asoslash bo'yicha turli konsalting loyihalarida ishtirok etgan.

