04.02.2023

IBAC auditorlik tashkiloti tomonidan yirik kompaniyalarning buxgalterlari, moliyachilari va huquqshunoslari uchun “O‘zbekiston soliq qonunchiligidagi 2023-yilga mo‘ljallangan dolzarb o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

IBAC auditorlik tashkiloti tomonidan yirik kompaniyalarning buxgalterlari, moliyachilari va huquqshunoslari uchun “O‘zbekiston soliq qonunchiligidagi 2023-yilga mo‘ljallangan dolzarb o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. IBAC auditorlik tashkiloti tomonidan yirik kompaniyalarning buxgalterlari, moliyachilari va huquqshunoslari uchun “O‘zbekiston soliq qonunchiligidagi 2023-yilga mo‘ljallangan dolzarb o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda quyidagi yangiliklar haqida so‘z yuritildi:
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-son “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga bo‘lish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmoni;
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar.

Ushbu taqdimotda buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish va tadbirkorlik sohasidagi so‘nggi dolzarb o‘zgarishlar, qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatida foydali bo‘ladigan o‘zgartirishlar yoritilgan.

Ma'lumot uchun telefonlar: (+99895) 1458555 / (+99899) 3511111