11.05.2023

SOLIQ TEKSHIRUVLARI VA ULARNING O'TKAZILISHIGA SABAB BO'LUVCHI OMILLAR

SOLIQ TEKSHIRUVLARI VA ULARNING O'TKAZILISHIGA SABAB BO'LUVCHI OMILLAR

                     SOLIQ TEKSHIRUVLARI VA ULARNING O'TKAZILISHIGA SABAB BO'LUVCHI OMILLAR


Bugungi kunda soliqqa oid xuquqbuzarliklarni sodir etish xavfi xar qanday korxonada mavjud bo'lishi mumkin. Shuningdek, ko'pchilik soliq to'lovchilar o'zlari bilmagan holda soliq xavfini oshib ketishi oqibatida soliq tekshiruviga tushib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu mavzu amaliyotda ko'p savollar tug'ilishiga sabab bo'lmoqda va ayrim savollar ochiqligicha qolib ketmoqda. Shu sababli tadbirkorlarga qulaylik yaratish hamda ularda soliq xavfi oshib ketishining oldini olish maqsadida biz ushbu maqolani tayyorladik.

Quyida ayrim tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruviga sabab bo'ladigan va amaliyotda ko'p uchrayotgan soliq xavflarini oshiruvchi omillar keltirilgan. Ushbu omillarni bilish kutilmagan soliq tekshiruvlarining oldini olishda foydali bo'lishi mumkin

Xozirgi paytda soliq tekshiruvlari Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom" asosida amalga oshirib kelinmoqda

Quyida O'zbekistonda qanday soliq tekshiruvlari o'tkazilishi hamda ular qaysi soliq to'tovchilarda o'tkazilishi haqida qisqacha ma'lumot keltirilgan:


  Qanday soliq tekshiruvlari mavjud?

Soliq kodeksiga va yuqorida takidlab o'tilgan nizomga muvofiq tadbirkorlik subyektlarida o'tkazilishi mumkin bo'lgan soliq tekshiruvlarining quyidagi turlari mavjud:

  • kameral soliq tekshiruvi;
  • sayyor soliq tekshiruvi;
  • soliq auditi.

 

Kameral soliq tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvi nima?

Kameral soliq tekshiruvi — bu soliq to'lovchilar tamonidan soliqlar va yig'imlar to'g'ri hisoblanishini, o'z vaqtida va to'liq byudjet tizimiga to'lanishi yuzasidan soliq organi tamonidan o'tkaziladigan tekshiruv. Kameral soliq tekshiruvi soliq to'lovchi tamonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va soliq organida mavjud bo'lgan soliq to'lovchining faoliyati to'g'risidagi boshqa ma'lumotlarni o'rganish va tahlil qilish asosida o'tkaziladi.

Kameral soliq tekshiruviga sabab bo'luvchi omillar:

  • Soliq organlarining soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to'g'risidagi qonunchilik buzilishi sodir etilganligi xavfini mavjud bo'lishi:

Ushbu xavf soliq organlarining soliq xavfini boshqarish tizimi maxsus dasturiy tizim orqali soliq to'lovchilar to'g'risidagi ichki va tashqi manbalardan olingan ma'lumotlarni belgilangan mezonlar asosida tahlil qilish orqali aniqlab boriladi. Quyida soliq organlari tomonidan soliq xavfini aniqlash mezonlari ro'yxatiga kiritilgan ayrim misollar keltirib o'tilgan:

-  soliq to'lovchi shaxsiy kartochkalarida soliq qarzdorligining doimiy yuzaga kelishi;

-  soliq hisobotlarining belgilangan muddatlardan kechiktirib taqdim etilishi;

- soliq to'lovchilar obektlarida xronometraj ko'zdan kechirish o'tkazilgandan keyingi davrlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlarning kamayib ketishi;

- xisobvaraq-fakturalar orqali kirim qilingan tovarlar xajmiga nisbatan o'rtacha oylik tushumlarning farq qilishi;

- xo'jalik yurituvchi subektlarning topshirilgan naqd (plastik) pul mablag'lariga nisbatan xisobotdagi ko'rsatgan tovar aylanmasining kamaytirib ko'rsatilinishi;

- xo'jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun xisobchi (buxgalter)ning rasmiy tartibda ro'yxatga olinmasligi.

Yuqoridagi keltirib o'tilgan omillardan hamda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa turdagi omillar asosida soliq organining avtomatlashtirilgan dasturiy maxsuloti avtomatik ravishda belgilangan ball tizimi asosida soliq to'lovchilarga soliq xuquqbuzarligining xavflilik darajasi belgilanadi.

Ushbu tizimga asosan soliq to'lovchilar soliq xuquqbuzarligining xavflilik darajasidan kelib chiqib quyidagi uchta guruxga bo'linadi:

а) Soliq xavfi yuqori bo'lgan tadbirkorlik subektlari (qizil yo'lak);

б) Soliq xavfi o'rta bo'lgan tadbirkorlik subektlari (sariq yo'lak);

в) Soliq xavfi past bo'lgan tadbirkorlik subektlari (yashil yo'lak).


Tadbirkorlik subektlarida soliqqa oid xuquqbuzarlik sodir etish xavfi o'rtacha (sariq yo'lak) bo'lishi soliq kodeksida belgilangan tartibda kameral tekshiruvi o'tkazilishiga sabab bo'ladi.

  • Soliq to'lovchi tamonidan taqdim etilgan soliq xisobotida tafovutlar yoki xatolarning aniqlanishi:

Bugungi kunda soliq organlari tomonidan soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq xisobotlarda tafovutlar yoki xatolar aniqlash bo'yicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan. Unga ko'ra xar bir soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan xisobotlar belgilab qo'yilgan algoritm asosida ushbu avtomatlashtirilgan kameral tekshiruvi dasturi orqali taxlil qilinadi. Bundan tashqari, soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq xisobotlari soliq orgonlari xodimlari tomonidan ham tahlil qilib boriladi.
  Misol uchun, soliq to'lovchi tomonidan 2021 yil uchun taqdim etilgan "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi" xisobotda ko'rsatilgan daromadlar yoki xarajatlar summalarining ushbu muddat uchun taqdim etilgan "Foyda solig'i" xisobotidagi tegishli daromadlar va xarajatlar summalariga muvofiq kelmasligi. Bunday holat soliq organlarining avtomatlashtirilgan kameral tekshiruvi dasturi orqali aniqlanadiva korxona soliq xisobotida tafovutlar mavjudligi xavfi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilar ro'yxatiga kiritiladi. Bu esa o'z navbatida kameral soliq tekshiruvi o'tkazilishiga sabab bo'ladi.

 

 

  •  Soliq to'g'risidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslardan hamda tegishli davlat orgonlaridan soliq organlariga murojaatlarning kelib tushishi:


Yuridik yoki jismoniy shaxslardan yoki davlat organlaridan soliq to'lovchi tamonidan sodir etilgan xuquqbuzarliklar to'g'risida ma'lumotlarning soliq organlariga kelib tushishi soliq xuquqbuzarlik mazmunidan kelib chiqqan holda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga quyida keltirilgan dasturlardan yuborilgan shikoyatlar asos bo'ladi:

- «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» bo'limi orqali yuborilgan murojaatlar;

- @soliq_hamkor_bot telegramm-boti orqali yuborilgan murojaatlar;

- my.soliq.uz soliq organlarining davlat elektron xizmatlari portali orqali yuborilgan murojaatlar.

Shu yo'l bilan hufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq ma'murchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun “Soliq” mobil ilovasi amaliyotga kiritildi. 

Misol uchun, jismoniy shaxs soliq xuquqbuzarligini sodir etgan soliq to'lovchi ustidan Davlat soliq qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan "Soliq hamkor" dasturi orqali shikoyat jo'natdi. Bu esa soliq organi tomonidan xuquqbuzarlikni amalga oshirgan soliq to'lovchi ustidan sayyor tekshiruvi tayinlanishiga asos bo'ladi.

 

Joriy yilning 1 iyundan boshlab “Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo'yicha soliq to'lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o'tkazilib, tadbirkorlik subektining qonun talablarida ish yuritishi to'g'risida  rasman ogoxlantiriladi. Unga nisbatan ta'sirchan moliyaviy jazo choralari ko'rilmaydi.

  •  Soliq to'lovchi tamonidan avval taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko'rilgan zarar summasini ko'paytiradigan aniqlashtirilgan soliq xisobotining taqdim etilishi:

Bu holatda ham kameral soliq tekshiruvi o'tkazilishiga sabab bo'luvchi asosiy omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Misol uchun, soliq to'lovchi belgilangan muddat uchun o'zining birlamchi soliq xisobotini taqdim etdi. Lekin soliq to'lovchi ushbu birlamchi xisobot bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasi kamaytirib ko'rsatilgan qayta soliq hisobotini taqdim etdi. Bunday holat soliq to'lovchining kameral soliq tekshiruvi nazoratiga tushib qolish xavfini oshiradi. Agar holat yuzasidan soliq xavfi yuqori darajada bo'lsa, soliq organi tomonidan kameral soliq tekshiruvi tayinlanadi.

 Sayyor soliq tekshiruvi

Sayyor soliq tekshiruvi nima?

Sayyor soliq tekshiruvi — bu soliq to'lovchilar tomonidan soliqlarni xisoblab chiqarish va to'lash sohasidagi ayrim majburiyatlarning hamda soliq qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan o'tkaziladigan tekshiruv. Ushbu soliq tekshiruvi hisobga olish xujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklarva pul mablag'lari, shuningdek, soliq to'lovchining faoliyati bilan bog'liq bo'lgan boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali o'tkaziladi.

Sayyor soliq tekshiruvi o'tkazilishiga sabab bo'luvchi omillar:

Soliq organlarining soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan soliq to'g'risidagi qonunchilikni buzish xavfi mavjudligi:

Soliq organlarining soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan soliq to'lovchi tomonidan soliq qonunchiligining buzilish ehtimolligi yuqori bo'lgan holatda va qonunchilik buzilish holati mavjudligini kameral soliq tekshiruvi o'tkazish orqali aniqlashning imkoni mavjud bo'lmagan taqdirda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin.

 
Misol uchun, soliq to'lovchi tomonidan IV chorakda katta miqdordagi QQS summasini hisobga olish (kamaytirish) bo'yicha hisob-kitob taqdim etdi. Bu summa III chorak hisobotida ko'rsatilgan summaga nisbatan farqi juda yuqori. Bunday holatda soliq organi hodimida topshirilgan hisobot yuzasidan shubxa tug'iladi va soliq to'lovchiga bunday katta miqdordagi QQS summasini kamaytirish yuzasidan tushuntirish va asoslovchi hujjatlarni taqdim etish bo'yicha soliq organi tomonidan soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali tegishli talabnoma yuboriladi. Ammo soliq to'lovchi tomonidan ushbu holat bo'yicha yetarli tushuntirish berilmaganda va yetarli asosli xujjatlar taqdim etilmasa, soliq organi tomonidan vaziyatni to'liq o'rganish va byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan QQS summasini kamaytirish uchun asos bo'lgan tegishli tovar-moddiy boyliklari haqiqatda sotib olinganligi va soliq to'lovchiga tegishli bo'lgan hududda mavjudligi tekshirish maqsadida sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin. Ushbu tekshiruv faqat talabnomada belgilangan masala yuzasidan o'tkazildi va belgilangan masalaga tegishli bo'lmagan boshqa xujjatlarning talab qilinishi ta'qiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalarida soliq to'lovchilar tomonidan yo'l qo'yilgan soliqqa va valyutaga oid xuquqbuzarliklar to'g'risidagi ma'lumotlarning e'lon qilinishi: 

Bu holat ham soliq to'lovchilar yuzasidan sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga asos bo'luvchi omillardan biri hisoblanadi. Bunda rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan va ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasiga ega bo'lgan ommaviy axborot vositalari orqali elon qilingan soliqqa va valyutaga oid xuquqbuzarliklar to'g'risidagi ma'lumotlargina sayyor soliq tekshiruvni o'tkazish uchun asos hisoblanadi.

Lekin, shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, internet orqali norasmiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan ma'lumotlar (soliq organlariga tegishli bo'lgan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa yoki guruhlarda joylashtirilgan ma'lumotlar bundan mustasno) soliqqa oid xuquqbuzarliklarni keltirib chiqarish uchun asos bo'lib hisoblanmaydi. 

Masalan, malum bir korxona ustidan norasmiy ijtimoiy tarmoq orqali joylashtirilgan ma'lumot ommaviy axborot vositalari orqali elon qilingan ma'lumot sifatida baholanmaydi.

O'tkazilaytgan kameral soliq tekshiruvini holisona amalga oshirish maqsadida qo'shimcha ma'lumotlar olish zaruriyatning yuzaga kelishi:

Bunday holatda ham kameral soliq tekshiruvi natijasiga ta'sir qiluvchi qo'shimcha ma'lumotlarga ehtiyoj sezilganda soliq organi tomonidan sayyor soliq tekshiruvi tayinlanish ehtimoli mavjud. Misol uchun, soliq to'lovchi faoliyati yuzasidan o'tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliqqa oid xuquqbuzarliklar sodir etilganligi holatini aniqlash yoki tekshiruv natijasi bo'yicha yakuniy hulosa qilish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida soliq to'lovchi joylashgan hududda o'rganish o'tkazish maqsadida soliq organi xodimlari tomonidan sayyor soliq tekshiruvni o'tkazishga haqli.

Valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish jarayonida soliq organi yuborgan sorovnomaga soliq to'lovchi tomonidan xujjatlar yoki axborot taqdim etilmaganligi yoxud to'liq taqdim etilmasligi:

Ushbu holat ham, soliq to'lovchilarda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga asos bo'luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Misol uchun, soliq to'lovchi faoliyatidagi valyuta operatsiyalari bilan bog'liq barcha operatsiyalarni o'rganish maqsadida soliq organi tijorat banklari, bojxona organlari taqdim etgan ma'lumotlar asosida monitoring ("Yuridik va jismoniy shaxslar tamonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to'g'risida"gi nizom) o'tqazadi. Ushbu holatda  soliq organi hodimi soliq to'lovchida valyuta operatsiyalarini o'tkazish bilan bog'liq xuquqbuzarliklar mavjudligi to'g'risida shubxa paydo bo'lgan taqdirda yoxud shunday holat aniqlangan taqdirda, soliq organi hodimi valyuta operatsiyalari bilan bog'liq barcha xujjatlarni taqdim etish to'g'risida so'rov xati yuborishga haqli hisoblanadi. Shunday holatda soliq to'lovchi tomonidan xujjatlar yoki axborot taqdim etmasligi yoxud to'liq taqdim etmasligi sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga asos bo'lishi mumkin.

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan soliq va valyutaga oid xuqubuzarliklar to'g'risida dalolat beruvchi axborot kelib tushishi:

Soliq organiga ushbu ko'rsatilgan tashkilotlar tomonidan soliq to'lovchi tomonidan amalga oshirilgan soliq va valyutaga oid xuqubuzarliklar to'g'risida dalolat beruvchi ma'lumotlarning kelib tushishi sayyor soliq tekshiruvi o'tkazishga asos bo'lishi mumkin


QQS to‘lovchilarini soliq organlarida QQS bo‘yicha maxsus ro'yxatdan o'tkazish jarayonida qo‘shimcha soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish zarurligi:

Bu omil bo'yicha misol sifatida soliq to‘lovchining QQS to‘lovchisi sifatida ro'yxatdan o'tish jarayonida soliq organlari hodimlari tomonidan soliq to‘lovchining ro'yxatdan o'tkan xududiga borib o'rganish holatini keltirish mumkin.

Soliq to‘lovchi tomonidan QQS manfiy summasi qoplanishi (qaytarilishi) yuzasidan arizalar berilishi:

Ushbu holat ham soliq to‘lovchilarda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga asos bo'lishi mumkin. Soliq organlari tomonidan ushbu tekshiruv soliq to'lovchi tomonidan qoplanishi lozim bo'lgan QQS manfiy summasi to'g'ri hisoblanganligi tasdiqlash maqsadida, kamaytirishga hisobga olingan QQS summasi vujudga kelishiga sabab bo'lgan harid qilingan tovar va moddiy boyliklar soliq to‘lovchi joylashgan xududda haqiqatda mavjudligi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganligini tekshirish maqsadida o'tkaziladi.

Soliq auditi

Soliq auditi nima?

Soliq auditi - bu muayyan davr uchun soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarning to'g'ri hisoblanganligi va to'langanligi yuzasidan soliq organlari tomonidan o'tkaziladigan tekshirish. Soliq auditi soliq to‘lovchining moliya va soliq xisobotlarining soliq to'g'risidagi qonunchilikga barcha jihatlardan muvofiqligi va haqqoniyligini, soliq solish maqsadlarida buxgalteriya xisobi va hisobga olishda soliq majburiyatlarining to'g'ri shakillantirilishi va aks ettirilishini o'rganish orqali o'tkaziladi

Soliq auditi o'tkazilishiga sabab bo'luvchi omillar

Soliq to‘lovchining soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub bo'lishligi: 

Soliq organlarining avtomatlashtirilgan "Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash" dasturi soliq xavfi mezonlari asosida soliq to‘lovchining soliq xavfi darajasining yuqori toifasi kiritilishi ushbu soliq to'lovchida soliq auditi tayinlanishining omillaridan biri hisoblanadi.

Soliq xavfi yuqori (qizil yo'lak) bo'lgan tadbirkorlik subyektlari shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organi tomonidan habardor qilinadi hamda belgilangan tartibda soliq auditi tayinlanadi.

Kameral soliq tekshiruvi natijasi bo'yicha soliq to'lovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilmasligi hamda aniqlangan tafovutlar bo'yicha asosnomalarni taqdim etilmasligi yoki asosnomalarning yetarli emas deb belgilanishi:

Kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to'lovchi tomonidan asoslovchi xujjatlarni soliq organlariga belgilangan muddatda taqdim etilmaslik yoki tafovutlar mavjud bo'lgan taqdirda aniqlashtirilgan soliq xisobotlarini taqdim etilmaslik soliq auditi tayinlanishiga sabab bo'luvchi asosiy omillaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Yuridik shaxslarning ihtiyoriy tugatilishi (soliq maslaxatchilari tashkilotlarining soliqlar bo'yicha hulosalari mavjud bo'lgan soliq to'lovchilar bundan mustasno);

Yuridik shaxslarning ihtiyoriy ravishda (korxonani yopish) tugatilishi to'g'risida ro'yxatdan o'tkazuvchi organlarga ariza berilishi soliq auditi tayinlanishiga sabab bo'ladi.

Biroq bugungi kunda amaliyotda soliq auditi o'tkazilmasdan yuridik shaxslarnu tugatish holatlari mavjud bo'lib, yani Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-sonli qarori asosida soliq to'lovchilar yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 mlrd so'mgacha bo'lgan soliq to'lovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilar bundan mustasno) soliqlarga doir hulosa berish huquqiga ega bo'lgan "Soliq maslaxatchilari" tashkilotlarining hulosalari asosida tugatilishi mumkin.

Soliq to'lovchilarning jinoiy ishlari bo'yicha moliya-xo'jalik faoliyatining taftish qilinishi jarayonining boshlanishi:

Soliq to'lovchilar faoliyati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoiy ishlari bo'yicha moliya-xo'jalik faoliyatining taftish qilish bo'yicha tekshiruvning boshlanishi natijasida ushbu organlar tomonidan soliq organlariga soliq auditi tayinlanishiga asos bo'ladi.

Yuqorida keltirib o'tilgan soliq xavfini oshiruvchi omillardan tashqari boshqa soliq xavfi darajasi mezonlari ham amaliyotga kiritilgan. Soliq xavfi darajasi soliq xavfi mezonlari asosida aniqlanadi, ularga 1 dan 100 gacha bo'lgan ballar beriladi. Bunda har bir mezon bo'yicha ball berish Davlat soliq qo'mitasi tomonidan soliq to'lovchilarning iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha segmentlanishi va soliq davri uchun olingan daromad miqdoriga qarab belgilanadi. Soliq xavfi darajasiga qarab soliq to'lovchilar maxsus dastur orqali soliq xavfi darajasini aniqlash mezonlari uchun belgilangan ballar va potensial soliq xavfi asosida baholanadi hamda toifalarga ajratiladi:

Ko'pgina soliq xavfi darajasi mezonlari maxfiy axborot sifatida tan olingan, ammo quyida keltirilgan mezonlar ochiq ma'lumot sifatida ma'lum qilingan:

- soliq yuki;

- ilgari taqdim etilgan soliq hisobotlariga bir necha bor (bir hisobot davri uchun uch va undan ortiq marta) o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi;

- soliq hisobotida bir necha soliq davridagi (ikki va undan ortiq) zararlar aks ettirilishi;

- soliq davri davomida soliq to'lovchining joylashgan joyi bir necha bor (ikki va undan ortiq  marta) o'zgartirilishi va keyinchalik qayta ro'yxatdan o'tkazilishi;

- QQS bo'yicha guvohnomasi bekor qilingan (ro'yxatdan chiqarib tashlangan), shuningdek, tugatilgan, faoliyatini amalga oshirmayotgan, bankrot deb topilgan shaxslar bilan amalga oshirilgan bitmlar (operatsiyalar);

- sof foydaning xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko'rsatkichi past darajada bo'lishi;

- soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan QQS bo'yicha soliq hisobotidagi operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlarning, ushbu operatsiyalar bo'yicha boshqa soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotidagi ma'lumotlarga mos kelmasligi;

- soliq kodeksiga asosan maxsus soliq rejimlarini qo'llash huquqini beradigan oborotlarini bir necha yil davomida bir milliard so'mdan past miqdorda soliq hisobotlarini taqdim etishi;

- o'tkazilgan soliq tekshiruvlari natijalari;

- qurilish sohasida faoliyat yuritadigan soliq to'lovchilar uchun belgilangan mezonlar: qurilish ishlarini amalga oshirish uchun lozim darajada xodimlar, ombor, transport va uskunalar bilan ta'minlanmaganligi, ishlarni bajarish uchun soliq xisobotlarida zarur xujjatlarning aks etmasligi, bitta obyektda qurilish ishlarini olib boruvchi shaxslarning o'zaro bog'liqligi, qurilish ishlarini amalga oshiruvchi yangi tashkil etilgan soliq to'lovchining bankdagi xisobvarag'iga yirik miqdordagi mablag' kelib tushishi, xom-ashyo va materiallarni sotib olish uchun ajratilgan mablag'larning qurilish hajmiga nisbatan nomutanosibligi, tugallangan qurilish obyektlarining tannarxiga yaqin narxlarda sotilishi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarida xarajatlarning to'laqonli aks ettirilmaganligi;

Soliq to'lovchining soliq xavfi darajasi soliq xavfini boshqarish tizimi asosida olti oyda bir marta aniqlanadi.  Soliq xavfi darajasi yuqori bo'lmagan soliq to'lovchilar tomonidan o'ttiz kalendar kundan ortiq soliq qarzdorligi to'lanmagan taqdirda soliq xavfi darajasi har chorakda bir marta aniqlanishi belgilangan. 

Shu o'rinda tavsiya sifatida eslatib o'tamizki, bugungi kunda hech qanday soliq to'lovchi soliq xavflaridan holi emas, lekin bu degani soliq xavfi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilarga albatta qo'shimcha soliq xisoblanadi yoki jarimalar qo'llaniladi degani emas, balki soliq xavfi yuzaga kelgan vaziyat bo'yicha tushuntirishlar va asoslovchi xujjatlarni tegishli nazorat qilayotgan soliq organlari hodimlariga taqdim etish bilan mavjud soliq xavflarini bartaraf etish mumkin. Shu bilan birgalikda soliq to'lovchilar o'z huquqlarini himoya qilish maqsadida soliq organining noqonuniy tekshiruvlari yuzasidan (huquqiy asoslanmagan xollarda) yuqori turuvchi soliq organiga yoxud sudga shikoyat qilishlari mumkin. Shuning uchun, soliq to'lovchilar o'z huquqlarini himoya qilish maqsadida soliq organlari tomonidan tashkil etilayotgan tekshiruvlar qay darajada soliq qonunchiligi talablariga javob bergan holda tayinlanganligi, soliq tekshiruvlari natijalari qay darajada to'g'ri rasmiylashtirilganligi va boshqa holatlarga e'tibor berishlari lozim.

Bundan tashqari, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni yanada oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning navbatdagi imkoniyatlari sifatida soliq siyosatida quyidagi o'zgarishlarni eslatib o'tamiz, ya'ni 2022 yil 22 avgust kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish, nazorat qiluvchi organlarning ma'suliyatini oshirish va faoliyatini ochiqligini ta'minlash maqsadida, Prezidentning 2022 yil 13 sentyabrdagi "Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. Qaror asosida quyidagi o'zgarishlar kiritilmoqda:

2022 йил 1 noyabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro'yxatga olinadi. Bunda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mazkur tizimda ro'yxatga olinmagan tekshiruvlarni o'tkazish noqonuniy hisoblanadi. 

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkaziladigan tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to'g'risida ma'lumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda "Yagona davlat nazorati" axborot tizimiga kiritiladi.


Nazorat qiluvchi organlar "xavfni tahlil etish" tizimi natijalariga asosan o'tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini habardor qiladi;

 

Nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti bo'yicha qayta tekshiruv o'tkazishga va tadbirkorlik subyekti tamonidan avval taqdim etilgan xujjatlarni talab qilishga xaqli emas;

Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv o'tkazish uchun o'z hududiga qo'ymaslik huquqiga ega:

- tekshiruv o'tkazish to'g'risidagi buyruq o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda;

- tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;

- Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo'lmaganida;

- ular tekshiruvlarni ro'yxatga olish kitobiga ma'lumotlarni kiritishdan bosh tortganda.


Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga "Yagona davlat nazorati" axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar bo'yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkazish taqiqlanadi. 

Adliya vazirligiga Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi va nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda 2022 yil 1 noyabrga qadar davlat nazorati funksiyalari va tekshiruvlarni qisqartirish bo'yicha takliflarni Strategik islohotlar agentligining kengashiga kiritish bo'yicha topshiriqlar berildi.

 

 Baxodir Mangitov

 

“INTERNATIONAL BUSINESS AUDIT CONSULTING” MCHJ Auditorlik tashkilotining auditori